"Yubkali Pele" haqida eshitganmisiz?

  • 15 may, 10:32
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Siz ayollar futboli qirolichasi haqida eshitganmisiz? "Yo‘q", deysizmi!? Unda bu ma’lumotlar aynan siz uchun.

Tecno

Ba’zi davlatlarda ayollar futboli rivojlangan va rivojlanayotgan bo‘lsa, ko‘plab mamlakatlarda  hattoki  bu haqida eshitishmagan. Ayollar uchun bu sport turi jiddiy faoliyat emas, deb hisoblashadi. Aslida, bunday emas. Evropada ayollar futbolini rivojlantirishning zamonaviy bosqichi o‘tgan asrning 60 yillarida boshlangan. O‘sha vaqtdan beri xalqaro musobaqalar o‘tkazilib, ular orasida etakchilar AQSh, Germaniya, Shvetsiya va Braziliya kabi jamoalar hisoblanadi. Hakamlarning ta’kidlashicha ayollar yuqori aniqlikka ega. Shuning uchun, gollarning soni xavfli daqiqalarga teng. Erkaklar futboli qiroli Pele bo‘lsa, ayollarda esa Marta.

Picture background

Marta 1986 yil 19 fevralda Braziliyaning Alagoas shtatidagi Dois Riachos shahrida tug‘ilgan. U futbol o‘ynashni mahalliy ko‘chalarda boshlagan va 14 yoshida "Vasko da Gama" ayollar jamoasiga qo‘shilgan. Marta o‘zining professional faoliyatini Braziliyada boshlagan, keyinchalik Shvetsiya, AQSh va boshqa mamlakatlarning turli klublarida o‘ynagan. U 2004–2008 yillarda Shvetsiyaning "Umea" IK klubida o‘ynab, UEFA Ayollar Chempionlar Ligasida g‘olib chiqqan. Shuningdek, u "Los Angeles Sol", "Gold Prayd", "Vestern Nyu-york", "Flesh" va "Orlando Prayd" kabi klublarda faoliyat yuritgan.

Picture background

Marta Braziliya terma jamoasi tarixidagi eng ko‘p gol urgan futbolchi bo‘lib, 119 marotaba raqiblari darvozasini ishg‘ol qilgan. U shuningdek, 17 ta gol bilan ayollar va erkaklar jahon chempionatlari ichida eng ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanadi. Bundan tashqari, u har ikki jins vakillari orasida beshta turli Jahon chempionatida gol urgan birinchi futbolchi bo‘lgan. Bu yutuqqa Krishtianu Ronaldu 2022 yilda erishgandi.

Shuningdek,Marta ketma-ket beshta Olimpiada o‘yinlarida gol urgan ilk futbolchi bo‘lgan. U Braziliya terma jamoasi bilan 2004, 2008 va 2024 yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritgan. U 2004 yilgi FIFA U-19 ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionatida eng yaxshi futbolchi sifatida "Oltin to‘p" mukofotiga sazovor bo‘lgan. Shuningdek, 2007 yilgi Ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionatida eng ko‘p gol urgan futbolchi bo‘lib, "Oltin butsa" mukofotini ham olgan va Braziliyani finalga olib chiqqan.

Picture background

Klub darajasida Marta 2004 yilda Shvetsiyaning "Umea" IK klubi bilan UEFA Ayollar Kubogini yutgan va mamlakatdagi turli jamoalarda o‘ynab, etti marotaba mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan.

2013 yil yanvar oyida, Marta 2014 yilgi FIFA Jahon chempionatining oltita elchisidan biri etib tayinlandi. U bilan birgalikda Amarildo, Bebeto, Karlos Alberti Torres,Ronaldo va Mario Zagallo ham elchilar bo‘lishgan.

2016 yil avgust oyida Marta Rio-de-Janeyrodagi Olimpiada ochilish marosimida Olimpiya bayrog‘ini olib chiqqan sakkiz kishidan biri bo‘lgan. BMT Bosh kotibi tomonidan u Barqaror Rivojlanish Maqsadi elchisi sifatida tayinlangan.

2009 yil yanvar oyida FIFA tomonidan “Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi” deb e’lon qilingan kuni, Marta AQShdagi yangi tashkil etilgan Ayollar Professional Futbol Ligasining "Los Angeles Sol” jamoasiga uch yillik shartnoma asosida qo‘shilishini e’lon qilib, shunday degan edi:

“Men uchun eng muhimi — dunyoning eng yaxshi futbolchilari to‘plangan joyda bo‘lish. Ular aynan shu erda buni amalga oshirishga harakat qilishmoqda. Amerika ligasi hozir dunyodagi eng kuchli ligalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun, aynan hozir kelishim kerak edi.”

Marta 2009 yilgi mavsumda 10 ta gol va 3 ta golli uzatma bilan liganing eng yaxshi to‘purariga aylandi. “Los Angeles Sol” muntazam mavsum chempioniga aylandi va Ayollar Professional Futbol Ligasing chempionati finaliga yo‘l oldi.

Picture background

“Los Angeles Sol” bilan mavsum oraliq davrida Marta “Santos” jamoasi bilan uch oylik ijaraviy shartnoma imzoladi va “Kopa Libertadores” hamda “Kopa do Brasil” musobaqalarida ishtirok etdi. Marta klubiga har ikkala turnirda ham g‘alaba qozonishda yordam berdi — u “Libertadores” finalida 1 ta, “Kopa do Brasil” finalida esa 2 ta gol urdi.

Marta 2010 yilgi Ayollar Professional Futbol Ligasining Yulduzlar o‘yinida ham ishtirok etdi va xalqaro ovozlar soni bo‘yicha eng yuqori natija ko‘rsatgani uchun jamoalardan biriga sardorlik qildi. U "Gold Prayd" jamoasini muntazam mavsum chempionligiga olib chiqdi va finalda "Filadelfiya Independence" jamoasiga qarshi o‘yinda 2 ta golli uzatma va 1 ta golga mualliflik qilib, finalning eng yaxshi o‘yinchisi, deb topildi. 2010 yil 17 noyabrda "Gold Prayd" jamoasi tarqatilgach, Marta erkin agentga aylandi.


Davomi bor... 


 

 

Dinara Rustamova maqolasi 
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!