
Yuliya Gyorges uch soat kurashdi
Germaniyalik tennischi Yuliya Gyorges Xitoy poytaxti Pekin shahrida o‘tayotgan xalqaro turnirning ilk davrasida sloveniyalik Polona Xertsog bilan raqobatlashdi.
Keskin va murosasiz qariyb uch soat davom etgan o‘yinda Yuliya kutilmaganda 7:6, 6:7, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shu tariqa "China Open" musobaqasining navbatdagi bosqichiga yo‘l olgan Xertsog, endi boshqa bir germaniyalik tennischi Anjelik Kerber yoki xitoylik Chjan Shuayga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar