Yunon-rum kurashi bo‘yicha jahon chempionati natijalari bilan tanishing

CHERY AUTO

Qozog‘istonning Nur-Sultan shahrida davom etayotgan sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionatining yunon-rum kurashi bo‘yicha bahslari ham o‘z nihoyasiga etib bormoqda. Ertaga 60, 77, 130 kg vazn toifasidagi final va bronza uchun kechgan bahslardan so‘ng, bu yo‘nalishdagi mundial o‘z yakuniga etadi. Afsuski, terma jamoamiz vakillari bu kurash turida oltin medalga ega chiqisha olishmadi. Hozirga qadar,72 kgda Aram Vardanyan (kumush) hamda 87 kg da Rustam Assakalov(bronza) medaliga ega bo‘ldik. Ertangi bahslarda 60 kg vaznda Elmurat Tasmurodov hamda 77 kgda Jalgasboy Berdimuratov ham bronza medali uchun o‘tish bahslarida ishtirok etadi. Agar, ular muvaffaqiyat qozona olsa, terma jamoamiz yunon rum kurashi bo‘yicha bir kumush hamda uch bronza medali bilan jahon chempionatini yakunlashadi. Chunki, qolgan 55, 63,67,82,97, 130 kg vazn toifasida gilamga chiqqan vakillarimiz o‘z yurishini to‘xtatib ulgurishdi.

Oltin medalni esa, erkin kurashchilarimiz hamda sportning ayollar kurashi bo‘yicha terma jamoamiz a’zolaridan kutib qolamiz. Jahon chempionatini biz bilan kuzatishda davom eting.

Demak, bugunga qadar yunon-rum kurashi bo‘yicha Jahon chempionati g‘olibu-sovrindorlari bilan tanishing!

55 kg

Nugzari Tsurtsumiya (Gruziya) – oltin,

Xorlan Jakansha (Qozog‘iston) – kumush,

Shota Ogava (Yaponiya) – bronza,

Eldaniz Azizli (Ozarbaydjan) – bronza.

63 kg

Shinobu Ota (Yaponiya) -oltin,

Stepan Maranyan (Rossiya) – kumush,

 Almat Kebispaev (Qozog‘iston) - bronza

Slavik Galstyan (Armaniston) - bronza

67 kg

Ismoil Borrero Molina (Kuba) – oltin,

Artyom Surkov (Rossiya) – kumush,

Mate Nemets (Serbiya) – bronza, 

Frank Staebler (Germaniya) – bronza.

72 kg

Abuyazid Mantsigov (Rossiya) – oltin,

Aram Vardanyan (O‘zbekistan ) – kumush,

 Balin Korpasi (Vengriya) – bronza,

Aik Mnatsakainan (Bolgariya) – bronza.

82 kg

Lasha Gobadze (Gruziya) – oltin,

Rafig Guseynov (Ozarbayjon) – kumush,

Said Morad Abdvali (Eron) – bronza,

 Xaytao Tsyan (Xitoy) – bronza.

87 kg
Jan Belenyuk (Ukraina) - oltin

Viktor Lorints (Vengriya) – kumush,

Rustam Assakalov (O‘zbekistan) – bronza,

Denis Maksimilian Kudla (Germaniya) – bronza.


97 kg

Musa Evloev (Rossiya) – oltin,

Artur Aleksanyan (Armaniston) – kumush,

Shenk Ildem (Turkiya) – bronza,

Mixail Kajaya (Serbiya) – bronza.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!