Yurgen Klopp "Liverpul"ga "Milan" futbolchisini olib kelmoqchi

  • 26 oktabr, 2022, 20:42
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" yarim himoyachisi Sandro Tonali Italiya A Seriyasini Angliya Premer ligasiga almashtirishi mumkin. "Liverpul" futbolchining transferiga qiziqish bildirmoqda.

"Daily Express" nashri xabariga ko‘ra, mersisaydliklar yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi Qayd etilishicha, Tonalining transferiga “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Kloppning shaxsan o‘zi qiziqmoqda.

22 yoshli Tonali joriy mavsumda barcha turnirlarda 14 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. "Transfermarkt" portali italiyalik futbolchining narxini 50 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!