Yurriyen Timber: "Arsenal" g'alabaga juda tashna klub"

  • 04.02.2026 13:17
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

Londonning "Arsenal" klubi himoyachisi Yurrien Timber Angliya Liga Kubogi yarim final doirasidan o‘rin olgan "Chelsi"ga qarshi uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

"Stadionda ajoyib muhit bor edi. Endi bizni "Uembli" kutmoqda. Biz bugun maydonda kuchli raqibga qarshi ajoyib o‘yin ko‘rsatdik. "Chelsi" ustidan ikki marta g‘alaba qozonish bizning katta mehnatimiz natijasi ekanligini ko‘rsatadi. Biz jamoa bilan oldimizga ulkan maqsadlar qo‘yganmiz. "Arsenal" g‘alabaga juda tashna klub", - deb keltirdi niderlandiyalik futbolchining so‘zlarini BBC Sport nashri.

Ma’lumot uchun, Arteta shogirdlari ikki o‘yin natijasiga ko‘ra "Chelsi"ni 4:2 hisobida mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi. London klubi finalda "Manchester Siti" va "Nyukasl" o‘rtasidagi uchrashuv g‘olibiga qarshi maydonga chiqadi. Ilk bellashuvda Gvardiola jamoasi 2:0 hisobida zafar quchgan edi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!