"Yuventus" 1977 yildan buyon bunday natija qayd etmagan edi

  • 20.03.2023 11:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

A Seriyaning 27-turida “Yuventus” safarda “Inter”ni (1:0) minimal hisobda mag‘lub etdi. Aytish kerakki, “keksa sinora” birinchi davrada Turinda bo‘lib o‘tgan dastlabki o‘yinda ham (2:0) g‘alaba qozongan edi.

Ma’lum bo‘lishicha, "Yuventus" 1977 yildan beri “neradzurrilar”ga qarshi bir mavsumning ikkala o‘yinida ham o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan holda g‘alaba qozonmagan edi. E’tiborlisi, "Yuventus" o‘sha mavsum yakunida mamlakat chempioniga aylangan.

Massimiliano Allegri shogirdlari Italiya A Seriyasining navbatdagi turida “Verona”ni qabul qiladi. Turin klubi ayni damda 41 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!