
"Yuventus" 20 yoshli vunderkindni qo‘lga kiritmoqchi
Turinning "Yuventus" klubi "Valensiya" yarim himoyachisi Ferran Torresga qiziqish bildirmoqda. "Tuttosport" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, uning shartnomasida tovon puli 100 mln evro ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan, ammo "ko‘rshapalaklar" taklif tushsa, 60 mln evroga ham qo‘yib yuborishga tayyorlar. Turinliklar esa transferga Mattia De Shilo va Danieele Ruganilarni qo‘shishni istamoqda.
Ma’lumot uchun, 20 yoshli futbolchi joriy mavsum Ispaniya La Ligasida 25 bahsda maydonga tushdi va 4 ta gol kiritishga erishdi.
Fikrlar