"Yuventus" Dibalaga Parijdan o‘rinbosar topdi

"Yuventus" "Pari Sen-Jermen" hujumchisi Mauro Ikardiga qiziqish bildirmoqda.

Salciomercato.com nashri xabariga ko‘ra, turinliklar hujumchi Paulo Dibala bilan shartnomani uzaytira olmasa, italyan klubi uning vatandoshini A Seriyaga qaytarishga urinib ko‘radi.

27 yoshli forvard o‘tgan mavsum so‘nggida PSJ bilan 2024 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagandi, biroq u jamoadagi o‘rnidan qoniqish hosil qilmayapti, shu sababali "keksa sinora" sport ishlari bo‘yicha direktori Fabio Paratichi forvarni ushbu transferga ko‘ndira olishiga ishonmoqda.

Joriy mavsumda Ikardi Liga 1 da to‘rtta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol kiritishni uddaladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!