"Yuventus" himoyachisi jarohat oldi

  • 21.11.2025 14:16
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Yuventus" himoyachisi Daniele Rugani jarohat oldi va kamida bir necha hafta davomida maydonga tusha olmaydi, deya xabar beradi "Gazzetta dello Sport" nashri.

Manbaning xabar berishicha, tajribali futbolchiga o‘ng oyog‘ida mushak jarohati tashxisi qo‘yilgan. Rugani mashg‘ulotlar paytida jarohat olgan. 31 yoshli fulbek joriy A Seriya mavsumida beshta o‘yinda maydonga tushgan.

A Seriyaning 11 turidan so‘ng, "keksa sinora" 19 ochko to‘pladi va turnir jadvalida oltinchi o‘rinda bormoqda. Turin jamoasi peshqadam "Inter"dan besh ochko ortda qolmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!