
"Yuventus" prezidenti ikkiyuzlamachilik qildi
Turinning "Yuventus" klubi prezidenti Andrea Anelli Evropa Superligasi e’lon qilinishidan oldin ikkiyuzlamachilik qilgani ma’lum bo‘ldi.
Football Italia xabariga ko‘ra, italiyalik funktsioner UEFA rahbari Aleksandr Cheferinni Chempionlar ligasini isloh qilishga sodiqligiga oxirgi damgacha ishontirgan va hatto qo‘shma bayonot berishga ham tayyor bo‘lgan.
Biroq, so‘nggi damda Anelli vaqt cho‘zishni boshladi va aloqani to‘xtatdi. U hatto telefonini butunlay o‘chirib qo‘ydi. Oradan ko‘p o‘tmay, yangi turnir boshlangani, unda "Yuventus" ham ishtirok etishi e’lon qilindi.
Cheferin ushbu voqealardan so‘ng Anelli bog‘lanishga urindi, ammo bu natija bermadi. Bo‘lib o‘tgan voqealardan keyin ular suhbatlashdimi yoki yo‘qmi, manbada aniqlik kiritilmagan.
Fikrlar