
"Yuventus" Yildiz uchun APLning grand klubi tomonidan tushgan taklifni rad etdi
"Yuventus" 20 yoshli turk vingeri Kenan Yildizni sotish bo‘yicha "Chelsi"dan tushgan taklifni rad etdi. Bu haqda "La Gazzetta dello Sport" xabar bermoqda.
London klubi yosh futbolchi uchun 68 million evrogacha taklif qilgan, ammo turinliklar uni katta pulga ham sotish niyatida emasligini ma’lum qildi.
"Aristokratlar" turkiyalik vinger bo‘yicha rad javobini olgan bo‘lsa ham Niderlandiya terma jamoasi futbolchisi va "Leyptsig" etakchisi Xavi Simons bo‘yicha shaxsiy kelishuvga erishgani aytilmoqda.
Yaqin vaqt ichida "Yuventus" Yildizga yangi shartnoma taklif qilishi kutilmoqda. Yangi kelishuvga ko‘ra, uning maoshi 1,5 million evrodan 4 million evroga oshiriladi.
Ma’lumot o‘rnida, Kenan ushbu mavsumda 52 ta uchrashuvda ishtirok etib, 12 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirish qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar