
Zarruh Adashevning jangi bekor qilindi
Hamyurtimiz UFC jangchisi Zarruh Adashev o‘zining navbatdagi jangini 15 yanvar kuni UFCning navbatdagi turnirida o‘tkazishi kerak edi. Uning raqibi braziliyalik Kleydson Rodriges edi.
Afsuski, Adashevning saytimizga ma’lum qilishicha u qo‘lidan jiddiy jarohat olgan va ushbu to‘qnashuvda ishtirok eta olmaydigan bo‘lgan. Shu tariqa mazkur jang bekor qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Zarruh Adashev so‘ngi jangini "UFC on ESPN 28" turnirida Rayan Benoitga qarshi o‘tkazib, g‘alaba qozongan edi. Undan avval esa, ushbu promoushendagi ikki jangida muvaffaqiyatsizlikka uchragandi.
Shu o‘rinda hamyurtimizni tezroq sog‘ayib ketishini tilab qolamiz!
Fikrlar