Zeedorf "Siti" - "Real" o‘yinidan oldin: Imkonsiz narsaning o‘zi yo‘q

  • 7 avgust, 2020, 14:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real"ning sobiq futbolchisi Klarens Zeedorf bugun "Manchester Siti"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan EChL 1/8 final javob bahsidan oldin madridliklarning imkoniyatlari haqida gapirdi.

Tecno

Zinedin Zidan shogirdlari "Santyago Bernabeu"da o‘tkazilgan dastlabki o‘yinda 1:2 hisobida “shaharliklar”ga imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.

“Real” Zidan qaytgach, xuddi avvalgidek ko‘rinyapti, jamoa restartdan so‘ng jipslashdi. Vaziyatni o‘nglash qiyin bo‘ladi, ammo imkonsiz narsaning o‘zi yo‘q. Umuman olganda, ikkala klub ham dunyoning eng kuchli jamoalari va musobaqa favoritlari hisoblanadi”, - deydi gollandiyalik sobiq futbol yulduzi.

“Manchester Siti” – “Real” qarama-qarshilishi bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!