
"Zenit" - "Ufa" 0:0 (video)
Rossiya premer-ligasining 21-turida “Zenit” o‘z maydonida “Ufa”ni qabul qildi va 0:0 hisobida durang qayd etdi.
Ushbu o‘yindan so‘ng piterliklar o‘z hisoblaridagi ochkolarni 47 taga etkazib olishdi va o‘zlari egallab turgan 1-o‘rinni yanada mustahkamlashdi. Ufaliklar esa 8-o‘ringa chiqib olishdi.
Biz uchun ahamiyatlisi “Ufa” safidagi hamyurtimiz Oston O‘runov o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 72-daqiqa harakat qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar