
"Zenit" argentinalik futbolchisi uchun "Chelsi"dan 40 mln evro so‘ramoqda
Avval xabar berganimizdek Londonning “Chelsi” klubi “Zenit” xavbeki Leandro Paredesga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Bundan avvalroq “aristokratlar” 24 yoshli argentinalik futbolchi uchun piterliklarga 30 mln evro taklif qilishgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Goal tarqatgan xabarga ko‘ra rus grandi Paredes uchun londonliklardan 40 mln evro so‘ramoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda “Chelsi” ustozi Maurisio Sarri yaqindagina “Monako”ga ko‘chib o‘tgan Sesk Fabregas o‘rnida aynan Leandro Paredesni ko‘rmoqchi.
Ma’lumot uchun, Paredes joriy mavsum Rossiya premer-ligasida jamia 15ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol va 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar