
"Zenit" braziliyalik himoyachini o‘z safiga qo‘shib oldi
"Gamburg" klubi himoyachisi Duglas Santos faoliyatini Rossiya premer-ligasida davom ettiradigan bo‘ldi.
Gap shundaki, 25 yoshli braziliyalik futbolchi Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi bilan shartnoma imzoladi. Uning transferi piterliklarga 15 mln evroga tushgani aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, Santos “Gamburg” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan mavsum 38ta o‘yinda maydonga tushdi va 2ta gol hamda 5ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Fikrlar