Zidan: "Atalanta"ni hurmat qilamiz, ammo...

  • 14 dekabr, 2020, 18:53
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan Chempionlar Ligasi qur’a natijalari va La Ligadagi "Madrid derbisi" haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Biz "Atalanta"ni hurmat qilamiz. Ammo nimchorak final bahslari fevral so‘ngida bo‘lib o‘tadi. Shuning uchun, meni ko‘proq "Atletik Bilbao"ga qarshi uchrashuv o‘ylantirmoqda. Bu biz uchun yana bir ajoyib sinov bo‘lishi tayin.

"Atletiko"ga qarshi bellashuvga to‘xtaladigan bo‘lsam, 3 ochko ishladik, xolos. Bundan ortig‘i emas. Biz jamoada barchasi joyida va ortiqcha narsalar haqida o‘ylamayotganimizni isbotlashni xohlaymiz. Xech nima o‘zgarmadi. Biz kundan-kunga yaxshiroq ishlayapmiz. Shu ruhda davom etishni istaymiz", dedi frantsiyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!