
Zidan "Borussiya"dan himoyachisini qaytarib olishni rejalashtirmoqda
"Borussiya Dortmund" himoyachisi Araf Xakimi mavsum so‘nggida "Signal Iduna Park"ni tark etishi mumkin.
AS nashri xabariga ko‘ra, "Real" ustozi Zinedin Zidan klub rahbariyatidan "asalarilar" safida ijara asosida to‘p surayotgan marokashlik futbolchisini sotib yubormasliklarini mavsum so‘nggida klub ixtiyoriga qaytarishlarini so‘ragan.
Oldinroq, dortmundliklar madridliklardan 21 yoshli futbolchini to‘laqonli xarid qilishni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi.
Joriy mavsumda marokashlik Bundesliga bahslarida 21 ta o‘yinda 2 ta gol va 7 ta gollik uzatma bergan.
Fikrlar