
Zidan bu jamoa uchun beshta termadan voz kechdi
“Real”ni tark etganidan beri ishsiz yurgan Zinedin Zidan yana murabbiylik faoliyatiga qaytishi kutilmyapti.
Frantsiyalik mutaxassis o‘zi 1996-2001 yillarda o‘ynagan “Yuventus” bosh murabbiyligini qabul qilib olishni rejalashtirgan. Bu haqida Frantsiyaning L'Equipe nashri xabar tarqatdi.
Manbaning ta’kidlashicha, Zidan murabbiy sifatida faqat “Yuventus”da ishlamoqchi.
Ma’lumotlarga qaraganda, sobiq futbolchi Turin klubini boshqarish maqsadida Portugaliya, Braziliya, AQSh, Qatar va Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoalarida bosh murabbiy bo‘lib ishlash taklifini rad etdi.
Zidan murabbiy sifatida faqat “Real”da ishlagan va qisqa fursat ichida madridliklar bilan 11 ta sovrinni qo‘lga kiritgan.
Fikrlar