Zidan "Real"ga APLdan zo‘r hujumchi topib qo‘ydi

  • 23 mart, 2020, 14:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan yozgi transferlar davrida jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirishi mumkin bo‘lgan futbolchilarni izlamoqda.

Tecno

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra frantsiyalik mutaxassis "Vulverxempton" forvardi Raul Ximenesni "Santyago Bernabeu"da ko‘rmoqchi. Zidan 28 yoshli meksikalik futbolchi jamoaning uzoq yillik to‘purari hisoblangan Karim Benzemaga munosib o‘rinbosar bo‘la olishiga ishonmoqda.

Ma’lumot uchun, Ximenes joriy mavsum "Vulverxempton" safida 44 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 22 ta gol hamda 10 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!