Zoʻr himoyachini olti klub talashyapti
Londonning “Chelsi” klubi qanot himoyachisi Malo Gyusto boshqa bir yirik klubga o‘tishi mumkin.
Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, 23 yoshli fransiyalik futbolchiga “Tottenxem”, PSJ, “Liverpul”, “Bavariya”, “Yuventus” va “Manchester Siti” qiziqmoqda.
Biroq asosiy favoritlardan hisoblangan “shaharliklar” Gyustoni faqat transfer oynasining oxirida sotib olishga harakat qilishi mumkinligi qayd etilmoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, “Chelsi” fransiyalik futbolchisi bo‘yicha 87,8 million yevro miqdoridan boshlangan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
Gyusto 2025/2026 yilgi mavsumda barcha musobaqalarni hisobga olganda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, uchta gol urdi va beshta golli uzatma qayd etdi.

Fikrlar