Olimjon Nabiev musobaqani g‘alaba bilan boshladi
Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan Qirg‘izistonda o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan turnirda yosh tennischilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Asosiy to‘r bahslarining birinchi davrasida umidli tennischimiz Olimjon Nabiev rossiyalik Evgeniy Derevenskovni 6:3, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Hamyurtimiz David Bagrinovskiy mezbonlar vakili Kiril Kistanovni 6:2, 6:4 hisobida engdi.
Shuningdek, xalqaro turnirda Maksim Shin, Ibrohimjon Urinov, Odil Karimov, Azizbek Niyozov, Isfandiyor Mahmudov kabi iste’dodli tennischilarimiz yakkalik va juftlik bahslarida ishtirok etmoqda.
"Biz bu erga faqat g‘alaba uchun tashrif buyurdik. To‘g‘ri musobaqada bir-qator kuchli tennischilar bor ammo mening maqsadim bosh sovrinni qo‘lga kiritish. Bu uchun bor kuch g‘ayratimni ishga solaman", - deydi Olimjon Nabiev.



Fikrlar