Anastasiya Pavlyuchenkova Rossiya terma jamoasini oldinga olib chiqdi
Rossiyalik tennischi Anastasiya Pavlyuchenkova "Federatsiyalar kubogi"ning jahon guruhi pley-off bosqichida terma jamoasiga bir ochko keltirdi.
Mazkur musobaqada Rossiya va Latviya terma jamoalari o‘zaro raqobatlashmoqda. Jamoalar o‘rtasidagi ilk uchrashuvda Anastasiya Pvlyuchenkova latviyalik Anastasiya Sevastovani 6:3, 2:6, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa, Rossiya va Latviya uchrashuvidagi hisob 1:0 ko‘rinishini oldi. Endi kortga Ekaterina Makarova hamda Elena Ostapenko chiqadi.

Fikrlar