Asosiy mazmunga oʻtish
Tennis

Arina ikki yarim soat ter to‘kdi

Izohlar: 0
Tailandda tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda hamyurtimiz Arina Folts ham g‘alabaga erishdi.
Arina dastlabki uchrashuvini yaponiyalik Nagi Xanataniga qarshi o‘tkazdi. Bu dastlabki bosqichning eng keskin va mursoasiz kurashlar ostida o‘tgan bahsi bo‘ldi. Uchrashuv ikki yarim soat davom etdi.
Arina Folts birinchi setda 2:6, hisobida yutqazganiga qaramay, uchrashuvni o‘z foydasiga hal qildi. Keyingi setlarda o‘zbekistonlik tennischi 6:3, 6:3 hisobida zafar quchdi.
Keyingi davrada hamyurtimiz kambojalik Andrea Kaga qarshi kortga chiqadi.
Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q