"Dakar-2017": Poyga Argentinada boshlanib, Boliviyada tugadi

BEPUL PROPAN
 
"Dakar-2017" rallisining to‘rtinchi bosqich poygalari Argentinadagi San-Salvador-de-Jujuy shahridan boshlanib, Boliviyaning Tupitsa shahrida yakunlandi. Umumiy masofasi 521 kilometr bo‘lgan bu bosqich poygachilar uchun o‘ta murakkab sharoitda o‘tdi.
 
Musobaqa yakuniga ko‘ra, mototsikllar bahsida KTM mototsiklini boshqargan Mattias Valkner, kvadrotsikllar poygasida Valter Nosile, yuk mashinalari o‘rtasida "Iveko" piloti Jerar de Roy, yo‘ltanlamas mashinalar bellashuvida "Pejo" vakili Siril Depre marraga birinchi etib keldi.
 
 
- Biz bu bosqichda kam xatoga yo‘l qo‘yganimiz uchun g‘olib chiqdik, - dedi Jerar de Roy. - "KAMAZ"lardagi raqiblarimiz ham katta tezlikda yurdi. Biroq ular navigatsiyadagi xatolar tufayli ortda qolib ketdi.
 
"Dakar-17" poygalari 12 ta bosqichdan iborat bo‘ladi.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!