Grigor Dimitrov kuchini ko‘rsatdi
Joriy yilgi sport mavsumining eng yurik 4 musobaqasidan biri bo‘lgan Avstraliya ochiq chempionatida tennischilar saralanmoqda.
Musobaqaning birinchi davrasida bolgariyalik Grigor Dimitrov va serbiyalik Yanko Tipsarevich o‘zaro kuch sinashdi. Ushbu o‘yinda Grigor 4:6, 6:3, 6:1, 6:4 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa Melburn shahrida o‘tayotgan "Australian Open" turnirida Dimitrov urugvaylik Pablo Kuevas bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.
Fikrlar