Karolin Voznyatski kurashdan chiqdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Daniyalik tennischi Karolin Voznyatski Madrid shahrida o‘tkazilayotgan musobaqada chorak finalga chiqa olmadi.

U musobaqaning uchinchi davrasida gollandiyalik Kiki Bertensga har ikkala setda 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Shu tariqa g‘alaba qozongan Kiki "Mutua Madrid Open" turnirining chorak finalida rossiyalik Mariya Sharapova hamda frantsiyalik Kristina Mladenovich uchrashuvi g‘olibiga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!