"Bavariya" himoyachisi uchun APLning ikki grand klubi kurashmoqda
"Bavariya" himoyachisi Kim Min Jening xizmatlariga APLning ikki klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqida insayder Kristian Falk ma'lum qildi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, Janubiy Koreyalik futbolchini "Chelsi" va "Tottenxem" jamoalari o‘z safiga qo‘shib olishga urinmoqda. Kimni "shporlar" safiga o‘tishi katta ehtimol bilan keyingi murabbiy kim bo‘lishiga bog‘liq bo‘ladi. "Ko‘klar" esa Jeremi Jakening transferi barbod bo‘lganidan keyin yangi murabbiy Liam Rosenyorning iltimosiga ko‘ra himoyani kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Jening ayni vaqtda transfer bozoridagi narxi 25 million yevroga baholanmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Ma'lumot uchun, 29 yoshli himoyachi joriy mavsum "Bavariya" klubi safida 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z nomiga 1 ta gol va 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar