Here We Go! Mark-Andrе tеr Shtеgеn - "Jirona" futbolchisi!
Darvozabon Mark-Andre ter Shtegen klubini oʻzgartirishi kutilmoqda. Insayder Fabrizio Romano maʼlum qilishicha, "Barselona" va "Jirona" futbolchini ijara asosida oʻtkazish boʻyicha kelishuvga erishgan.
33 yoshli ter Shtegen avvalroq ushbu klubga ijarada oʻtishga rozilik bildirgan edi. Transfer bitimi joriy hafta davomida rasmiy yakunlanishi mumkin.
Maʼlumot uchun, "Jirona" hozirda La Liga turnir jadvalidа 10- oʻrinda turibdi. Shuningdek, kataloniyaliklarning asosiy darvozaboni sifatida Joan Garsiya harakat qilmoqda.
Fikrlar