Husanovga kuchli raqobatchi keladi

  • 22.06.2026 15:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” rahbariyati tarkibni kuchaytirish va himoya chizig'ini mustahkamlash maqsadida jamoaga yangi ijrochilarni olishni rejalashtirmoqda.

Xususan, “shaharliklar” himoya markaziga “Everton” vakili Jerrad Brentueytni olib kelmoqchi. Manbaga ko'ra, jarohatlar bilan kechgan mavsumga qaramay, Yevropaning yetakchi klublari 23 yoshli futbolchini yuqori baholashda davom etmoqda.

Transfer News Live va Daily Mail  kabi nufuzli nashrlarning yozishicha, “Manchester Siti” iqtidorli markaziy himoyachi uchun kurashda “Manchester Yunayted” va “Bavariya” bilan raqobatlashishiga to'g'ri keladi.

Mersisaydliklar Brentueytni sotishga intilmayapti va uning transferi uchun kamida 70 million funt sterling (80 million yevro) talab qiladi.

O'tgan mavsumda Brentueyt barcha musobaqalarda 10 ta o'yinda qatnashib, 1 ta gol va 1 ta assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2030 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 40 million yevro deb baholagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!