Jahon kubogi. Iqboljon Xoldarov raqibga hech qanday imkon bermadi

  • 1 aprel, 03:32
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 1 dan 5 aprelgacha Braziliyada boks bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Ilk kunda 3 nafar charm qo‘lqop ustalarimiz ringga ko‘tarilishi rejalashtirilgan edi.

Tecno

Hozirgina -70 kg da Iqboljon Xoldarov va Polsha vakili Damian Durkach qarama-qarshiligi yakunlandi. To‘liq 3 raund davom etgan bahsda hamyurtimiz hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozondi.

Ma’lumot uchun, oldinda bizni Javohir Ummataliev va Alfred Kommey (Italiya) to‘qnashuvi kutmoqda. Ushbu jang taxminan, 04:30 da (O‘zbekiston vaqti bilan) start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!