
Kutilmagan muammo: “Real” eng zo‘r o‘yinchisini yo‘qotdi
“Real”ning keyingi yillardagi asosiy to‘purariga aylangan Vinisius Junior yil oxirigacha jamoasiga yordam bera olmaydi.
Ispaniya chempionati doirasida “Leganes”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvdan keyin futbolchining chap oyog‘ida og‘riq yuzaga kelgan.
O‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida 24 yoshli braziliyalik legionerning son mushaklarida jarohat borligini aniqlandi va shifokor mutaxassislar futbolchi yil oxirigacha davolanishi lozim, degan xulosa berdi. Bu haqda “Real” matbuot xizmati rasman ma’lumot tarqatdi.
Vinisius Junior joriy mavsumda barcha turnirlarda 18 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini 12 marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga sakkizta golli pas uzatgan.
Fikrlar