Elit OCHL. «An-Nasr» Toshkentda «Paxtakor»ni yirik hisobda mag‘lub etdi
Saudiyaliklar safardagi bahsda oltita gol urib, musobaqadagi ochkolari sonini oltitaga yetkazdi.
Elit Osiyo Chempionlar ligasining 4-turida «Paxtakor» o‘z maydonida «An-Nasr»ni qabul qilib, 2:6 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Mehmonlar safida Joau Feliks dubl qayd etdi. Shuningdek, Abdulla Al-Hamdan, Anjelo, Abdulrahmon G‘arib va Abdulela Al-Amri o‘z nomlarini tabloga yozdirdi.
«Sherlar» tarkibida esa Doston Hamdamov va Flamariondan gollar qayd etildi.
Shu tariqa, «An-Nasr» ochkolari sonini oltitaga yetkazib, turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarildi. «Paxtakor» esa ikki ochko bilan 2-pog‘onada bormoqda.

Izohlar (0)