Husanov “Barsa” uchun ideal variant deb topildi
O'zbek futbolchisi Khansi Flik nishonida
2026 yil kuzining oʻrtalarida “Barselona” bir nechta himoyachisining jarohat olishi bilan bogʻliq muammoga duch keldi. PSJ va “Real”ga qarshi uchrashuvlarda kataloniyaliklarga Andreas Kristensen, Jyul Kunde va Erik Garsiya yordam bera olmadi. “El-klasiko”da esa Xansi Flik yosh iqtdior Xavi Esparni ham yoʻqotdi.
Tarkibdagi bunday inqiroz sharoitida “Barselona”ning “Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Husanovga qiziqish bildirayotgani bejiz emas.
Nufuzli manbalar Oʻzbekiston milliy terma jamoasi himoyachining Kataloniya superklubiga transfer qilinishi ehtimolini tahlil qilmoqda. Xoʻsh, bu transfer amalga oshishi ehtimoli qanday?
FullTime Report nashrining xabar berishicha, kataloniyaliklar Husanovga qiziqish jiddiy bildirmoqda va “Siti”ning moliyaviy feyr-pley bilan bogʻliq ayblovlar boʻyicha muammolaridan foydalanib, uni qishki transfer oynasida oʻz safiga qoʻshib olishga urinib koʻradi.
Xoʻsh, Abduqodir haqiqatan ham “Barselona”ga kerakmi?
Ekspertlar bu savolga “Shubhasiz, Husanov kataloniyalarga foyda keltira oladi”, deb javob bermoqda va quyidagi faktlarni keltiryapti. .
Birinchidan, oʻzbekistonlik futbolchi universal. U himoyaning oʻng qanotida ham, markazida ham oʻynay oladi. Bu mavsumdan Husanovning imkoniyatlaridan himoyaning chap tomonida ham foydalanishyapti. Bu Flik uchun juda muhim shart. Nemis murabbiyi ham tez-tez tarkibni oʻzgartirib turadi va markaziy himoyachilardan qanotda foydalanadi. Bir vaqtlari aynan “Manchester Siti”dan kelgan Erik Garsiya buning yaqqol misolidir.
Ikkinchidan, Husanovning tezligi “Barselona”ning agressiv oʻyin uslubiga juda mos keladi. Gvardiolaning oʻzbekistonlik futbolchini himoyachilar ortiga uzatiladigan toʻplarga qarshi oʻyini uchun maqtagani yodingizdami? Kataloniyada bu qobiliyat Abduqodirni Pau Kubarsi bilan bir qatorda himoya chiziqining yetakchi futbolchilaridan biriga aylantirishi mumkin.
U yuqorida joylashgan himoya chiziqida oʻynay oladi va orqa chiziqdagi vazifalarini ham bajaradi. Chidamlilik bilan bogʻliq muammolar ham yoʻq.
Uchinchidan, Husanov Gvardiola va Mareska qoʻl ostida ishlagan. Ularning talablarini bajara olgan futbolchi dunyoning yetakchi klublarida ham yoʻqolib qolmaydi.
Qolaversa, soʻnggi paytlarda Manchesterdan Kataloniyaga koʻchib oʻtish yoʻnalishi ancha faollashgan. “Barselona”ning hozirgi futbolchilaridan Joau Kanselu, Erik Garsiya, Rodri va Gabriél Jezus avvalroq “Manchester Siti”da toʻp surgan.
Soʻnggi vaqtlarda Joan Laporta Angliya futbol bozoriga ham tez-tez murojaat qilmoqda. “Lids”dan jamoaning asosiy yulduzlaridan biri Rafinya olib kelingan. Yaqinda esa Entoni Gordon bilan shartnoma imzolandi. Shuning uchun Husanovning ham “Barselona”ga oʻtishi gʻayrioddiy holat boʻlmaydi.
Toʻrtinchidan, “Barselonadagi kadrlar bilan bogʻliq vaziyat ham transfer uchun qulay. Hozirda jamoaning toʻrt nafar himoyachisi jarohat olgan. Husanov esa shunchaki zahira futbolchisi boʻlib qolmaydi. Uni asosiy tarkibga ham qoʻshish mumkin.

Izohlar (0)