
Mourino topgan futbolchini MYu oladigan bo‘ldi
“Monako”dan futbolchi transfer qilishni xush ko‘radigan “Manchester Yunayted” Frantsiya chempionatida ishonchli o‘yin namoyish etayotgan Benua Badyashilni qo‘lga kiritmoqchi.
19 yoshli himoyachini birinchilardan bo‘lib Joze Mourino payqagan edi. Portugaliyalik mutaxassis uni MYuda ishlab yurganida APLga olib kelmoqchi bo‘lgan.
Sulsher himoyani kuchaytirish maqsadida “Napolidan Kalidu Kulibalini olishni istagandi. Biroq senegallik himoyachining narxi qimmatlik qildi. Benuaning transfer summasi 18 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar