Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

“Real” Afrika­dan bosh murabbiy olib keladi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Arbeloaning o‘rnini kim egalaydi?

“Real” hali ham bosh murabbiy masalasida yakuniy qarorga kelgani yo‘q. “Qirollik klubi” Alvaro Arbeloa o‘rniga jamoada ijobiy o‘zgarishlar qila oladigan mutassis olib kelishni rejalashtirgan.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “Real” mutasaddilar hech kim kutmagan nomzod bo‘yicha ham ish olib bormoqda. Ma’lum bo‘lishicha, madridliklar Marokash milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Valid Regragi bilan hamkorlik o‘rnatmoqchi.

Jurnalist Ramon Alvares de Mon ma’lumotiga ko‘ra, “Qirollik klubi” rahbariyati 50 yoshli mutaxassis haqida ijobiy fikrda.

Klub boshliqlariga uning Marokash terma jamoasida qilgan ishlari hamda futbolchilarni ruhlantirish qobiliyati ma’qul kelgan.

Regragi 2022-2026 yillarda Marokash terma jamoasini boshqargan. Uning qo‘l ostida jamoa 2025 yil Afrika millatlar kubogida g‘olib bo‘lgan va 2022 yildagi jahon chempionatida to‘rtinchi o‘rinni egallab, mamlakat tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q