Rojer Federer o‘ng oyog‘idan jarohat oldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
Shveytsariyalik tennischi Rojer Federer Rim shahrida o‘tayotgan "Masters" musobaqasidagi ishtirokini yakunlashga majbur bo‘ldi.
 
Federer yarim final yo‘llanmasi uchun gretsiyalik Stefanos Tsitsipasga qarshi o‘yin o‘tkazishi lozim edi. Biroq u o‘ng oyog‘idan olgan jarohat sabab chorak finalda kortga chiqmaydigan bo‘ldi.
 
Shu tariqa, Tsitsipas kurashsiz yarim finalda qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi. Endi u navbatdagi bosqichda ispaniyalik Rafael Nadalga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!