Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Sabina Sharipova chorak finalda

Zohir2018
Izohlar: 0

Tennis malikalari Farg‘onada raqobatlashmoqda

Farg‘ona shahrida tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tayotgan xalqaro turnirning yakkalik bahslarida mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova chorak finalga chiqdi.

S.Sharipova musobaqaning ikkinchi davrasida belaruslik Ilona Kremenga qarshi kortga chiqib, raqibasini ikki setda bir xil 6:1 hisobida taslim etdi.

Shu tariqa, Sabina yarim final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan o‘yinda rossiyalik Kamila Rahimova bilan kuch sinashadigan bo‘ladi.   

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q