Sara Sorribes-Tormoni jiddiy raqib kutmoqda
Ispaniyalik tennischi Sara Sorribes-Tormo Charlstonda o‘tayotgan musobaqaning ikkinchi davrasiga qiyinchiliksiz o‘tib oldi.
Sara birinchi bosqichda vengeriyalik Fanni Stollarga qarshi kortga chiqdi. O‘yinning dastlabki setida raqibiga hech qanday imkoniyat bermagan Tormo, ikkinchi setda bor yo‘g‘i uch geymni boy berib qo‘ydi.
Shu tariqa, Sorribes-Tormo "Volvo Car Open" turniridagi ikkinchi uchrashuvni amerikalik Sloan Stivensga qarshi o‘tkazadigan bo‘ldi.

Fikrlar