WEF selection turnirida o‘zbekistonlik uch nafar sportchi g‘alaba qozondi

  • 9 fevral, 2020, 12:59
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
BEPUL PROPAN

1 fevral kuni Qirg‘izistonning Bishkek shahrida WEF selection turniri bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik to‘rt nafar sportchi oktagonga ko‘tarildi. Mansur Tugizboev shogirdlari hisoblanuvchi ushbu yurtdoshlarimizning uch nafari g‘alaba qozonishga erishdilar. Jumladan, 71 kg vazn toifasida o‘z janglarini o‘tkazadigan Islombek Murodboev mezbonlar vakili Kutman Asekovni mag‘lub etgan bo‘lsa, 77 kg da jahongir Yorqulov yana bir mezbonlar vakili Talbonsho Asoev ustidan zafar quchdi. 57 kg da yurtimiz sharafini himoya qilgan yana bir vakilimiz Mamatjon Yorqulov ham qirg‘izistonlik Izzatbek Sultanbekovni mag‘lubiyatga uchrata oldi. Afsuski, 57 kgda yana bir vakilimiz Jaloliddin Qudratov imkoniyatni boy berib qo‘ydi. 

photo_2020-02-02_00-08-41 (2)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!