10 nafar bokschimiz finalda!
Ahmadbek Eshmatov
Xabaringiz bor, Ozarbayjon Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi kompleks musobaqalariga mezbonlik qilmoqda.
MDH o‘yinlarining boks bahslarida bugun, yigitlar o‘rtasida yarim final janglari bo‘lib o‘tdi. Ushbu bosqichga 11 nafar vakilimiz etib kelishgandi.
Yakunlarga ko‘ra, faqatgina bir nafar bokschimiz, Bekzod Ismoiljonov bronza medalini qo‘lga kiritdi. Qolgan barcha o‘smirlarimiz esa, finalga yo‘l oldi.
-46 kg. O‘tkirbek Norqosimov
-50 kg. Azizbek Shokirjonov
-54 kg. Behruz Rohataliev
-57 kg. Bobomurod Boymirzaev
-60 kg. Otabek Nurmuhammadov
-63 kg. Dilshod Ahmadjonov
-66 kg. Kamronbek Hamdamov
-70 kg. Oybekjon Abdurahimov
-75 kg. Xurshidbek Jo‘raev
+80 kg. Farhodjon Bahodirov
Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.
Izohlar (0)