Asosiy mazmunga oʻtish
2026 yilgi U-17 Osiyo kubogining barcha ishtirokchilari ma’lum

Kelasi yil Saudiya Arabistoni yashil maydonlari mezbonlik qiladigan Osiyo chempionatining barcha ishtirokchi terma jamoalari nomi aniq bo‘ldi.

O‘smirlar o‘rtasidagi qit’a chempionati doimo qiziqarli bo‘lib kelgan. Kelasi yilda bo‘lib o‘tadigan turnirda Osiyoning eng kuchli 16 ta terma jamoasi ishtirok etadi. Mezbon Saudiya Arabistonidan tashqari, Qatar, O‘zbekiston, Janubiy Koreya, Shimoliy Koreya, Yaponiya, Indoneziya, Birlashgan Arab Amirliklari, Tojikiston, Xitoy, Yaman, Vetnam, Avstraliya, Tailand, Myanma va Hindiston terma jamoalari ham musobaqa g‘olibligi uchun kurashga kirishadi. Qiziqarli tomoni, milliy terma jamoalar o‘rtasida qit’aning etakchilaridan biri Eron terma jamoasi bu safargi turnirni o‘tkazib yuboradi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu Osiyo kubogi Jahon chempionati yo‘llanmasini ham taqdim etadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q