APL. Husanov to‘liq o‘ynagan uchrashuvda «Manchester Siti» «Aston Villa»ga mag‘lub bo‘ldi
Ma'lumot uchun, «Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov uchrashuvni to‘liq o‘tkazdi.
APLning 8-turida «Aston Villa» oʻz maydonida «Manchester Siti»ni qabul qilib, 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.
Uchrashuvning 6-daqiqasida mezbonlar hujumchisi Nikolya Jekson gol urib, hisobni ochdi. Ikkinchi boʻlimda ketma-ket xavfli hujumlar tashkil etgan manchesterliklar 52-daqiqada oʻz maqsadiga yetdi. Ilimana Ndiaye uzatmasidan keyin Erling Holand bosh bilan zarba berib, muvozanatni tikladi.
Biroq birmingemliklar qarshi hujumdan unumli foydalanishdi. 60-daqiqada Jekson yana Donnarummani doʻgʻda qoldirib, jamoasini oldinga olib chiqdi — 2:1. Qolgan vaqt davomida hisob oʻzgarishsiz qoldi.
Shu tariqa, Unay Emeri shogirdlari ochkolari sonini 11 taga yetkazib, 5-oʻringa koʻtarildi. «Shaharliklar» esa 21 ochko bilan peshqadamlikni saqlab turibdi.
Maʼlumot uchun, «Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov uchrashuvni toʻliq oʻtkazdi.

Izohlar (0)