2030 yilgi reytingda Bahodir Jalolov ikkinchi o‘rinni egallashi mumkin

  • 10 aprel, 16:15
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Amerikaning "Boxing Scene" sayti og‘ir vazn toifasidagi bokschilarning 2030 yil uchun ehtimoliy reytingini taqdim etdi. Unda hamyurtiimz,ikki karra Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov ham bor edi. 

Tecno

Reytingni tuzishda portal bir qator jihatlarni hisobga oldi, ya’ni og‘ir vazn toifasidagi bokschilar odatda juda sekin ko‘tariladi. Shu sababli ro‘yxatga faqat faol professional bokschilar kiritilgan. Ayni paytda og‘ir vazn toifasidagi chempionlik uchun da’vogar bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari kiritilmagan. Ular yoshi sababli 2030 yilda kuchli o‘ntalikka kirishi dargumon.

To‘liq reyting quyidagicha:
1. Mozes Itauma (20-0, 10 KO) – 20 yosh (2030 yilda 25 yosh);
2. Bahodir Jalolov (15-0, 14 KO) – 30 yosh (2030 yilda 35 yosh);
3. Daniel Dyubua (22-2, 21 KO) – 27 yosh (2030 yilda 32 yosh);
4. Richard Torres (13-0, 11 KO) – 25 yosh (2030 yilda 30 yosh);
5. Dayner Pero (10-0, 8 KO) – 25 yosh (2030 yilda 30 yosh);
6. Fabio Uordli (18-0, 17 KO) - 30 yosh (2030 yilda 35 yosh);
7. Jay Opetaia (27-0, 21 KO) – 29 yosh (2030 yilda 34 yosh);
8. Agit Kabayel (26-0, 18 KO) – 32 yosh (2030 yilda 37 yosh);
9. Jastis Xani (12-0, 7 KO) – 26 yosh (2030 yilda 31 yosh);
10. Filip Xrgovich (18-1, 14 KO) – 32 yosh (2030 yilda 37 yosh).

Eslatib o‘tamiz, 5 aprel kuni Ostonadagi boks oqshomida Jalolov ukrainalik Igor Shevadzutskiyga qarshi jang o‘tkazib, yakunda hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozondi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Abdulboriy Dilshodbekovich
10/04/2025 20:32
2026- Yilda Chempionlik jang qilib chempion bo‘lish nasib etsin