
3 futbolchimiz OFK so‘rovnomasida ishtirok etmoqda!
OFK rasmiy sayti ortda qolgan yilning eng yaxshi yosh futbolchisini saralash uchun so‘rovnoma o‘tkazmoqda. Undan bir emas, 3 iste’dodli futbolchimiz o‘rin olganligi quvonarli holat. 23 yoshgacha bo‘lgan 20 ta osiyolik orasida "Nasaf" hujumchisi Bobir Abdixoliqov, "Shabab Al-Ahli" yarim himoyachisi Aziz G‘aniev hamda mavsumni "Energetik-BGU" va "Shaxtyor" klublarida o‘tkazgan Jasur Yaxshiboev ham bor.
Quyidagi havola orqali munosib nomzodga ovoz berishingiz mumkin:
https://www.the-afc.com/news/afcsection/asia-s-choice-fan-awards-best-young-player-in-2020
Ovoz berish jarayoni 12 yanvargacha davom etadi. G‘oliblar 24 yanvarda e’lon qilinadi.
Fikrlar