3 nafar legionerimiz maydonda harakat qilgan uchrashuvda "Energetik-BGU" yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi

  • 8 avgust, 2021, 14:36
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Belarus kubogi nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan "Energetik-BGU" va "Neman" jamoalari o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tdi. Mazkur o‘yinda mehmonlar yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

"Energetik-BGU" sharafini himoya qilayotgan 3 nafar hamyurtimiz Bobir Abdixoliqov, Shahzod Ubaydullaev va Doniyor Abdumannopov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi.  Bu o‘yin Abdumannopov uchun "talabalar" safidagi debyut bo‘ldi.

Eslatib  o‘tamiz, Doniyor "Andijon"ni tark etib, "Energetik-BGU"ga borib qo‘shilgandi. Shu tariqa, legionerlarimizning jamoasi kubokdagi yurishini nimchorak finalda to‘xtatdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!