Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

30 ta zarba, 0 ta gol

Suhrob Xolbekov
Izohlar: 0

Bugun PSJ kamida 3 ta gol urishi mumkin edi

Chempionlar ligasida mavsum o‘z nihoyasiga etib bormoqda. Yarim finaldan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuvlardan biri PSJ - "Borussiya" bellashuvida mehmonlarning yagona goli o‘yinga nuqtani qo‘ydi. Eng qizig‘i, "asalarilar"ga buning uchun atigi bir dona aniq zarba kerak bo‘ldi. 

Luis Enrike shogirdlari esa o‘yin davomida 30 marta Kobel darvozasi tomon to‘pni yo‘lladi. Shulardan 5 tasi aniq va shvetsariyalik posbon bularning barchasini qaytardi. Agarda futbolda hisob xGga qarab belgilanganida, bugun mezbonlar 3 ta gol urishi kerak edi. Eng ko‘p vaziyatlardan foydalana olmagan o‘yinchi bu Gansalu Ramushdir. U bugun bemalol dublni rasmiylashtirish imkoniyatga ega bo‘ldi. 

"Borussiya" ikkita o‘yin natijasiga ko‘ra, 2:0 hisobi bilan zafar quchib, "Uembli" tomon yo‘l oldi. Klub bundan 11 yil oldin yakuniga etmay qolgan ishini tugatishga harakat qiladi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q