4 nafar bokschimiz finalga chiqdi!
Ahmadbek Eshmatov
Ar-Riyod shahrida VI Islom Birdamligi o‘yinlari davom etmoqda.
Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida VI Islom Birdamligi o‘yinlari davom etmoqda.
Kuni kecha boks bahslarida yarim final janglari yakunlandi. 8 nafar sportchi bilan ushbu turnirga yo‘l olgan jamoamiz vakillaridan to‘rttasi finalni naqd qilishdi, 2 nafar qizlarimiz bo‘lsa musobaqani bronza medallari bilan yakunladilar.
Finalchilar:
-60 kg. Madiyar Daniyarov
-65 kg. Abdulloh Madaminov
-57 kg. Xumorabonu Mamajonova
-60 kg. Odinaxon Ismoilova
Bronza medali egalari:
-51 kg: Zilolaxon Yusufova
-54 kg. Uzukjamol Yunusova
Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Izohlar (0)