Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Bundesligadan yangi yulduz chiqdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Rosa xaridor ko‘paydi

«Ayntraxht» jamoasida to‘p surayotgan markaziy himoyachi Nnamdi Kollinz faoliyatini Angliya premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqida fussball_news nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 22 yoshli futbolchiga «Manchester Yunayted», «Chelsi» va «Liverpul» klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Shu bilan birga, hozircha ushbu uchta top-jamoadan hech biri rasmiy muzokaralarni boshlamagani ta’kidlanmoqda.

«Ayntraxht» qishki transfer oynasida Kollinzni sotishni rejalashtirayotgani yo‘q. Biroq klub 35 million yevro va undan yuqori takliflar kelib tushsa, ularni ko‘rib chiqishga tayyor.

Joriy mavsumda Kollinz barcha musobaqalar hisobga olingan holda beshta o‘yinda maydonga tushdi, ammo gol yoki golli pas bilan ajralib tura olmadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q