Professional bokschimiz Jamshid Rixsiev ketma-ket uchinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi

  • 13.11.2016 12:17
  • 0
  • Boks

Professional bokschimiz Jamshid Rixsiev kecha, 12 noyabr kuni Ukrainadagi “Terminal” nomli muz maydoni saroyida tashkil qilingan boks kechasida ishtirok etdi.

Professional boks janglarida besh yildan buyon qatnashib kelayotgan hamyurtimiz faoliyatidagi sakkizinchi jangini mezbon bokschisi Aram Faniyanga qarshi o‘tkazib, faoliyatidagi uchinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

Jamshid Rixsiev bungacha etti marotaba katta ringga ko‘tarilgan va shundan beshtasini o‘z foydasiga hal qilgan bo‘lsa, qolgan ikkitasida mag‘lubiyat alamini tortishga majbur bo‘lgan.

Uning raqibi Aram Faniyan esa etti marta jang o‘tkazib, ularning barchasida zafar quchgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!